Rishton kulollari amerikaliklar uchun mahorat darslari oʻtkazdi
Foto: “Dunyo” AA
Vashington shahrida “Rishton kulolchiligi: Markaziy Osiyo kulolchilik sanʼatining gavhari” nomli koʻrgazma boʻlib oʻtmoqda.
Koʻrgazma doirasida Vashington shahridagi “DC Clay Center” kulolchilik markazida rishtonlik kulollar sulolasi avlodlari ishtirokida keramika boʻyicha mahorat darsi va seminar oʻtkazildi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, tadbirda AQSH kulolchilik sanʼati ixlosmandlari, yetakchi sanʼatshunos olimlar va Amerika kulollari ishtirok etishdi. Shuningdek, USAID rahbari oʻrinbosari Anjali Kaur tinglovchi-shogird sifatida qatnashdi.
Mahorat darslari Rishton kulolchilik ishi va uning tarixi boʻyicha media-taqdimot, charxda Rishton idishlari shaklini yaratish texnikasi sirlari va idishlarni boʻyash hamda naqshlar bilan bezash texnikasi, shuningdek, giyohlardan pigmentatsiya boʻyoqlarini yaratish usullari mavzularida boʻlib oʻtdi.
Tadbir yakunida AQSHning “ASU Trading LLC” savdo kompaniyasi va Rishton tumanidagi “Exclusive Ceramic of Rishtan” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida AQSH shtatlarida sopol mahsulotlarni sotish boʻyicha umumiy qiymati 3 million dollarlik distribyutorlik shartnomasi tuzildi.
Shuningdek, Rishton tumani hokimligi, USAID va “DC Clay Center” studiyasi bilan birgalikda AQSHda “Rishton kulolchiligi maktabi”ni tashkil etish, “DC Clay Center” va “Alexandria Clay Co-op” studiyalari bilan birgalikda yetti kunlik “kulolchilik turizmi” paketini ishlab chiqish, Rishton tumani hokimligi, YUSAID va “Rishton kulolchilik markazi” bilan birgalikda “keramika-terapiyasi» ijtimoiy dasturini joriy etish toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi.
Amerikaning Virjiniya shtatidagi “Alexandria Clay Co-op” kulolchilik studiyasida ham Rishton kulollari ishtirokida seminarlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring