“Real Madrid“ yana magʻlubiyatga uchradi

10:18 03 Mart 2026 Sport
906 0

Kecha, 2-mart kuni Ispaniya La Ligasining 26-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan uchrashuvda “Real Madrid“ klubi oʻz maydonida “Xetafe“ni qabul qildi.

Uchrashuv mehmonlarning 0:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 39-daqiqada Martin Satriano mualliflik qildi.

90+5-daqiqada “Real Madrid“ hujumchisi Mastantuono qizil kartochka oldi. Ikki daqiqa oʻtib esa “Xetafe“ning zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan futbolchisi Adrian Liso ham maydondan chetlatildi.

Ushbu magʻlubiyatdan soʻng, “qirollik klubi“ning peshqadam “Barselona“ bilan oʻrtadagi farqi 4 ochkoga yetdi.

Maʼlumot uchun, “Real Madrid“ klubi keyingi oʻyinini 7-mart kuni “Selta“ga qarshi oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?