“Real Madrid” mavsumdagi dastlabki magʻlubiyatini qabul qildi
27-sentyabr kuni Ispaniya La Ligasi 7-turidan oʻrin olgan “Atletiko Madrid” — “Real Madrid” uchrashuvi kutilmagan natija bilan yakunlandi. “Metropolitano” stadionida oʻtgan derbida maydon egalari yirik hisobda gʻalaba qozondi — 5:2.
Oʻyinning 14-daqiqasida “Atletiko” himoyachisi Robin Le Norman hisobni ochdi. 25-daqiqada “qirollik klubi” yetakchisi Killian Mbappe hisobni tenglashtirdi. 37-daqiqada yosh iqtidorli Arda Guler mehmonlarning ikkinchi golini urdi. Birinchi taymning qoʻshib berilgan daqiqalarida Aleksander Serlot javob goli bilan hisobni 2:2 qildi.
Ikkinchi boʻlimning 51-daqiqasida “Real” darvozasi tomon penalti belgilandi va uni Xulian Alvares aniq amalga oshirdi. 64-daqiqada oʻsha Alvares yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol etib, “Atletiko” ustunligini oshirdi. Uchrashuv soʻnggida, 90+4-daqiqada Antuan Grizmann ham oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi.
Uchrashuv natijasi: “Atletiko” — “Real Madrid” 5:2.
Gollar: Le Norman (14), Serlot (45+3), Alvares (51-pen., 64), Grizmann (90+4) — Mbappe (25), Guler (37).
“Atletiko”: Oblak – Lorente, Le Norman, Langle, Gansko (Galan 83) – Simeone, Koke, Barrios (Baena 90+2), Gonsales (Grizmann 83) – Alvares (Molina 90+2), Serlot (Gallaxer 67).
“Real”: Kurtua – Karvaxal (Kamavinga 59), Militao (Asensio 46), Heysen (Gonsalo 90), Karreras – Guler (Mastantuono 59), Chuameni, Valverde, Vinisius – Bellinghem (Rodrigo 70), Mbappe.
Bu natija “Real Madrid” uchun mavsumdagi ilk magʻlubiyat boʻldi va jamoa chempionlik uchun kurashda jiddiy zarba oldi. “Atletiko” esa derbida katta gʻalaba bilan muxlislarini xursand qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring