Quyoshda navbatdagi kuchli chaqnash kuzatildi
Foto: NASA/ SDO
5 avgust kuni ertalab soat 07:12 da (Toshkent vaqti bilan) Quyoshda M1.2 toifasiga kiruvchi kuchli chaqnash ro‘y berdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, chaqnash 30 daqiqa davom etgan. Bu avgust oyida qayd etilgan to‘rtinchi M toifadagi chaqnash bo‘ldi.
Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining quvvatiga qarab A, B, C, M va X toifalarga bo‘linadi. Ular orasida X — eng kuchlisi, M esa undan keyingi kuchli sinf hisoblanadi.
Mutaxassislar bunday chaqnashlar Yerga qarata sodir bo‘lsa, ular radioaloqa sifati va sun’iy yo‘ldoshlar ishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini eslatib o‘tishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring