Qurilish boʻyicha qaysi viloyat yetakchilik qilmoqda?

09:54 08 Oktyabr 2025 Jamiyat
174 0

Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 188,5 trillion soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Ushbu koʻrsatkichning hududlar kesimidagi dinamikasi quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri — 56,2 trillion soʻm;
  • Toshkent viloyati — 21,4 trillion soʻm;
  • Buxoro viloyati — 12 trillion soʻm;
  • Samarqand viloyati — 11,5 trillion soʻm;
  • Fargʻona viloyati — 11,5 trillion soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati — 10,7 trillion soʻm;
  • Surxondaryo viloyati — 9,5 trillion soʻm;
  • Namangan viloyati — 8,8 trillion soʻm;
  • Andijon viloyati — 8,6 trillion soʻm;
  • Navoiy viloyati — 7,9 trillion soʻm;
  • Xorazm viloyati — 7,8 trillion soʻm;
  • Qoraqalpogʻiston Resp. — 6,4 trillion soʻm;
  • Jizzax viloyati — 5,1 trillion soʻm;
  • Sirdaryo viloyati — 3,6 trillion soʻm.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 11,5 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер