Qozogʻistondagi tartibsizliklarga nima sabab boʻlgandi?
Foto: АиФ
Qozogʻistonning Jambil viloyati Korday tumanidagi tartibsizliklarga 5-fevralda yoʻlda yuz bergan mojaro sabab boʻlgan. Bu haqda jurnalistlarga Qozogʻiston ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksey Kalaychidi maʼlum qildi.
“Uch kishi mashinada yoʻldan toʻgʻri ketayotganda, ichida uch kishi boʻlgan katta yuk mashinasi uydan yoʻlga chiqayotgan boʻlgan. Mojaroga yoʻl bermaslik sabab boʻlgan. Natijada bunday hollarda odatda, yuz beradigandek, ish dahanaki jangdan mushtumzoʻrlikka aylanib ketgan”, deb maʼlum qilgan u.
Vazir oʻrinbosari mojarodan keyin ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tartibsizlikka chaqiriqlar vaziyatning keskinlashishiga olib kelganini taʼkidlagan.
Kalaychidi tartibsizliklardan keyin Korday tumanida mahalliy koʻlamda kiritilgan favqulodda holat hozircha yetarli ekanini qoʻshimcha qilgan.
Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari Berdibek Saparbayev tartibsizliklar yuz bergan Korday tumaniga tashrifi vaqtida tartibsizliklar tufayli fuqarolar mulkiga yetkazilgan moddiy zarar qonunchilikka koʻra qoplab berilishini maʼlum qilgan.
Saparbayev tartibsizliklar vaqtida zarar yetkazilgan ijtimoiy va tijorat obyektlari, turar joylarni koʻzdan kechirgan. “Davlat rahbari jabr koʻrgan oilalarga barcha zarur yordamni koʻrsatish vazifasini topshirdi. Hozirda mutaxassislar zararni baholashmoqda”, degan u.
U, shuningdek, mojaro vaqtida halok boʻlganlarning xonadonlariga tashrif buyurib, prezident va hukumat nomidan ularga hamdardlik bildirgan.
Oʻz navbatida, halok boʻlganlarning yaqinlari va mahalliy aholi aybdorlarni topishni soʻragan. Ularning taʼkidlashicha, tartibsizliklar atay sodir etilgan.
7-fevral kuni kechqurun Korday tumanidagi Masanchi qishlogʻida qozoqlar va doʻngonlar oʻrtasida mojaro kelib chiqqandi. Mojaroga mahalliy doʻngonlar qozogʻistonlik qariyani kaltaklashi sabab boʻlgani aytilgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Kordaydagi tartibsizliklar vaqtida 10 kishi halok boʻlgan, 130 dan koʻproq odam jarohatlangan. Toʻqnashuvlarning 50 ga yaqin ishtirokchisi hibsga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring