Qoʻshma Shtatlar Venesuelani oʻgʻirlikda aybladi
AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelada sanksiya tankerlari blokadasini eʼlon qildi.
Prezidentning taʼkidlashicha, Venesuela qirgʻogʻida Janubiy Amerika tarixidagi eng yirik “armada” joylashgan. Ular avval Amerika Qoʻshma Shtatlaridan oʻgʻirlangan barcha neft, yer va boshqa aktivlarni qaytarib bermaguncha koʻpayib boradi.
“Maduroning noqonuniy rejimi oʻgʻirlangan konlardan olingan neftdan oʻzini, giyohvand terrorizm, odam savdosi, qotillik va qallobliklarni moliyalashtirish uchun foydalanadi. Bizning mol-mulkimizni oʻgʻirlash va boshqa qator sabablarga koʻra, Venesuela rejimi xorijiy terroristik tashkilot deb eʼlon qilindi. Shunday qilib, bugun men Venesuelaga va u yerdan kelayotgan barcha sanksiya ostidagi neft tankerlarini toʻliq blokirovka qilish toʻgʻrisida buyruq beraman”, — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.
Trampning talablaridan soʻng Venesuela hukumati javob bayonotida AQSH prezidentining tahdidlarini “koʻpirtirish” deb atadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring