Qoraqalpogʻistonlik yosh kitobxon qiz “Spark” bilan taqdirlandi

17:12 25 Noyabr 2019 Madaniyat
2675 0

“Yosh kitobxon-2019” tanlovining mamlakatimiz bosqichida 15-19 yoshdagi qatnashchilar orasida Toʻrtkoʻl tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shahzoda Karimboyeva gʻolib boʻldi va Prezident sovgʻasi -“Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Aytish joizki, Orolboʻyida yoshlar orasida kitobxonlik tobora ommalashib bormoqda. Zero, oʻtgan yili ham mazkur tanlovning yakuniy bosqichida qoraqalpogʻistonlik qiz – Nursuluv Qoʻqonova gʻolib boʻlgan edi.

Hidoyat AHMEDOV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?