Qoraqalpogʻistonda oʻrganish ishlari davom etmoqda
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha Komissiya aʼzolari oʻrganish ishlarini davom ettirmoqda.
Komissiya oldiga qoʻyilgan vazifalar ijrosini bajarishi uchun guruhlarga boʻlingan holda oʻrganishlar olib bormoqda. Har bir guruh faoliyatida shaffoflikni taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar hujjatlashtirilmoqda. Shu jumladan, ular audio, foto va video vositalari yordamida qayd etilmoqda.
Komissiya aʼzolari dastlab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali, Markaziy shifoxonada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, yuz bergan voqealarda inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari bilan bogʻliq holatlarni oʻrgandi.
Shuningdek, Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugining harbiy gospitali va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy gospitalida davolanayotgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar idoralari xodimlari bilan muloqotlar qilindi. Suhbat davomida namoyishchilar va harbiy xizmatchilar xatti-harakatlari oʻrganildi.
Bundan tashqari, komissiya aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi sud tibbiy ekspertiza markaziga tashrif buyurib, voqealar bilan bogʻliq barcha kerakli materiallar bilan tanishdilar.
Komissiya aʼzolarining oʻrganishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring