Qoraqalpogʻistonda yoʻlovchi poyezdi va yuk mashinasi toʻqnashib ketdi

10:05 07 Oktyabr 2025 Jamiyat
222 0

Videodan kadr

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoʻlovchi poyezdi va yuk mashinasi toʻqnashib ketdi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 6-oktyabr kuni soat 15:31 da Qoʻngʻirot mintaqaviy temiryoʻl uzeliga qarashli Toʻrtkoʻl – Ellikqalʼa stansiyalari oraligʻining 531 km 8-piketida joylashgan qoʻriqlanmaydigan temiryoʻl kesishmasida sodir boʻlgan.

Qoʻngʻirot – Andijon yoʻnalishidagi 128-sonli yoʻlovchi poyezdi harakati davomida temiryoʻl kesishma signal belgilariga qaramasdan harakatlangan “KamAZ” rusumli yuk avtomobili bilan toʻqnashib ketgan. Oqibatda yuk avtomobili haydovchisi shifoxonaga joʻnatilgan.

Bildirilishicha, hodisa sodir boʻlgan vaqtda yoʻlovchi poyezdida 216 nafar yoʻlovchi boʻlgan, ularning sogʻligʻiga zarar yetmagan. Teplovoz poyezdini olib keta olmagani sababli OʻzTE16M2 rusumli 025 sonli teplovoz soat 16:15 da voqea joyidan joʻnatilgan.

Hududga tegishli rahbarlar va huquqni himoya qilish organlari xodimlari yetib borgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер