Qorakoʻl tumanida gidroponika usulida “yashil ozuqa” tayyorlanmoqda

Foto: “Xalq soʻzi”
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi “Megacluster” masʼuliyati cheklangan jamiyati maxsus binoda donni namlangan holda gidroponika usulida “yashil ozuqa” yetishtirishni yoʻlga qoʻydi.
Tajriba oʻzini tamoman oqladi. Bu yerda bir kilogramm bugʻdoydan yetti kilogrammgacha “yashil ozuqa” tayyorlanmoqda. Atigi yetti kunni talab qiladigan bu usul sharofati bilan oʻnlab gektar ekin maydonini, suvni tejab qolish mumkin boʻlyapti. Gap shundaki, gidroponikada ekinning ildiz qismiga suv berilsa, kifoya. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan qoʻllab – quvvatlangan bu loyihani amalga oshirilishining yana bir afzal jihati shundaki, mahsulot tannarxi arzonlashyapti, toʻyimli ozuqaning chorva mollarida hazm boʻlish darajasi 90 – 95 foizni tashkil etmoqda.Boshqacha aytganda, ozuqa nishxoʻrdga chiqmayapti.
Mazkur korxonada mahalliy shart – sharoitdan kelib chiqqan holda chorva ozuqasini granula koʻrinishida tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Konveyerdan kuniga uch tonnagacha shunday mahsulot chiqmoqda. Uning tarkibida dagʻal xashak, beda, yantoq, kunjara, chigit shroti, don qoʻshimchalari mavjud. Granula tashishga qulay, ekologik toza, xushxoʻr, toʻyimli. Umuman olganda esa ekin maydonlari yetishmovchiligi masalasini hal etishda gidroponika usulida chorva ozuqasi tayyorlash juda qoʻl keladi.
Aytmoqchi, viloyat hokimi Botir Zaripov kuni kecha mazkur korxonada boʻlib, innovatsion loyiha bilan yaqindan tanishdi. Kelgusida bu tajribani ommalashtirish yuzasidan fikrlashib olindi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring