Qoʻqonda xalqaro terrorchi tashkilot safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan shaxs qamaldi
Qoʻqon shahrida xalqaro terrorchi tashkilot safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan va boshqalarni ham bunga daʼvat qilgan shaxs qoʻlga tushdi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram kanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, Qoʻqon shahrida yashovchi shaxs 2021-yilda “Telegram” messenjerida kanal yaratib, unga aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni joylab, kanalning 9 nafar obunachisiga tarqatgan.
Bundan tashqari, u “Instagram” ijtimoiy tarmogʻida hozirgi kunda Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan “Tavxid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining instruktor va media targʻibotchisi bilan bogʻlanib, uning daʼvatlari taʼsiriga tushadi. Soʻngra, Suriya davlatiga jihod qilish uchun nima qilish kerakligi toʻgʻrisida oʻzaro audio va xabar orqali yozishmalar olib borib, XTT safiga qoʻshilishga xayrixohlik bildiradi.
Shu bilan birga, ushbu shaxs yaqin tanishlari va oʻzining sinfdoshlari orasida “jamoat” shakllantirib, ularni Suriya hududiga “hijrat” qilib, terrorchi guruhlar qatoriga qoʻshilishga daʼvat qilgan.
DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uning noqonuniy harakatlari toʻxtatilib, huquqiy baho berildi.
Natijada, jinoyat ishlari boʻyicha Furqat tuman sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning244 prim 1-moddasi 3-qismi “g” bandi, 244 prim 2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Avvalroq Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan shaxslarga noqonuniy ravishda diniy taʼlim berib kelgan yigit qoʻlga olingani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring