Qoʻqonda gaz portlagan uydan bir kishining jasadi topildi
Foto: FVV
Avvalroq Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi uylarning birida portlash sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur hodisa oqibatida bir kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Qoʻqon shahridagi koʻp qavatli uylardan birida sodir boʻlgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatlarini bartaraf etish jarayonida FVV qutqaruvchilari yod jismlar ostidan bir nafar fuqaroning jasadini topgan.
Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat toʻliq Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi nazoratiga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring