Qonun targʻibotiga bagʻishlandi
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mutasaddilari, sohaga taalluqli boshqa vazirlik hamda idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda mudofaa, harbiy sohani zamon talablari darajasida rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, shuningdek, harbiy xizmatni oʻtash tizimini takomillashtirish yuzasidan izchil islohotlar olib borilmoqda.
Koʻrilayotgan chora-tadbirlar esa Qurolli Kuchlar tarkibini sifat jihatidan toʻldirish imkonini beryapti.
Mazkur yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilingani esa ayni muddao boʻldi.
Tadbirda mazkur Qonun bilan kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.
Matbuot anjumanida Mudofaa vazirligi vakillari, shuningdek, Toshkent shahar va viloyati Mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari javob qaytardi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring