Qirgʻizistondan 5,7 mlrd soʻmlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kirganlar ushlandi

Foto: DXX
Qirgʻizistondan noqonuniy olib kelingan 5,7 mlrd soʻmlik zargarlik buyumlari toʻxtatib qolindi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Maʼlum qilinishicha, DXXning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona organlari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda Fargʻona tumanida yashovchi 1987-yilda tugʻilgan fuqaro qirgʻizistonlik shaxs tomonidan aylanma yoʻllar orqali “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasidan noqonuniy ravishda mamlakatimizga oʻtkazib berilgan katta miqdordagi zargarlik buyumlarini qabul qilib olgani aniqlangan.
Shundan soʻng moddiy manfaat evaziga, ularni Fargʻona shahrida kutib turgan Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan fuqaroga yetkazib bergan vaqtida, ularning ikkalasi ham qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, tilladan yasalgan ushbu zargarlik buyumlarining jami ogʻirligi 5 kilogramm 706 grammni tashkil qilib, dastlabki umumiy qiymati 5 mlrd 746 mln soʻmga teng.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring