Qimor, qarz, qotillik...
Qimor oʻyini
Istisno tarzda aytib oʻtish joizki, yagona maqsadi moddiyat boʻlgan bu jirkanch “mashgʻulotlar”, afsuski, jamiyat uchun ham katta muammolar tugʻdirayotir. Yoshlar tarbiyasida maʼnaviyat, degan tushunchaga soya solayotir. Buning oqibati esa ayanchli.
Fargʻona viloyatidagi dahshatli voqea ham ana shu — «1-xbet” oʻyinidan katta miqdorda qarz boʻlib qolgan fuqaro tomonidan sodir etildi. 1992-yilda tugʻilgan Umar Nishonov (ism-shariflar shartli) avval sudlanmagan. Oilali, ikki nafar farzandi bor. Yaxshigina tashkilotda ish yurituvchi vazifasida ishlagan. Nima boʻldiyu, internet tarmogʻi orqali qimor oʻyinlari (ha, shunday deyish nooʻrin emas, bizningcha) oʻralashib qoldi.
Dastavval yutdi, albatta. Keyin yutqaza boshladi. “Yutqazgan kurashga toʻymas”, deganlariday davom etaverdi, davom etaverdi. Qarz miqdori 100.000.000 soʻmdan oshib ketdi. Bundan tashqari, koʻchadan, doʻstu yor, tanishlaridan olgan qarzlari bor edi. Tabiiyki, bunday
Qoʻshnisi Omondan ham qarz soʻrab turar, lekin vaqtida qaytarib berardi. Bu gal u 5000 AQSH dollari soʻraganda Omon biroz oʻylanib qoldi. Qurilish qilayotganini aytib 2000 AQSH dollari berib tura olishini aytdi. Umarning ishi bu bilan bitmasdi. Qoʻshnisi bergan 2000 dollarni ham oldiyu qanday qilib vaziyatdan chiqish mumkinligi haqida oʻyladi. Ayni shu oʻylar, tinimsiz qoʻngʻiroqlar uning tinchligi, oromini olgandi. Na kuni, na tunida halovati bor edi.
U qoʻshnisida yana pul borligini va pullarni ayni qaysi xonada turishini ham bilardi. Miyasida “lop” etib koʻrinish bergan bir yomon oʻy unga najot boʻlib koʻrindi.
Aslida “oʻgʻirlik”
Kunduz kuni uyda erkaklar boʻlmasligini bilgani xolda Omonning kelinchagi koʻcha tozalab yurgani koʻrdiyu maqsadini amalga oshirish istagida orqa eshikdan hovliga kirib bordi. Pul soʻraganida doimo olib chiqib beriladigan xona tomon yurib asta ichkariga kirdi. U yer bu yerga koʻz yugurtirib hali “obyekt”ni topib ulgurmagandiki, zalda oyoq tovushi eshitildi. Umar yashirinmoqchi boʻldi, ammo sharpa xona tomon yaqinlashib u bilan yuzlashdi.
Uylarida kuppa-kunduz kuni begona odamga koʻzi tushgan ayol qichqirib yubordi.
— Bu yerda nima qilyapsiz?!
Ayol shoshib tashqariga otildi. U homilador, hatto oy-kuni yaqin edi. Orqasidan otilib chiqqan Umar oshxona raxida turgan pichoqni oldi-yu ayolga tashlandi.
— Oʻchir, oʻchir, deyapman.
Pichoq bir zumda ayolning koʻksiga qadaldi. Keyin yana... yana... oxirgisi hatto boʻynidan tortildi.
Yerga uzala tushgan homilador ayolning ustidan sakrab oʻtgan Umar oʻzini yana orqa
Oʻshanda soat 11.30 lar chamasi edi. Uyiga chiqib oʻzini oʻnglab, qoʻshnisining uyi oldidagi olomondan yuragi hovliqqan Umar chetroqdagi 1-2 kishiga qoʻshilgan boʻldi. Maʼlumot olmoq boʻldi. Ammo eplolmadi, voqea joyida turolmadi. Asta yurib orqasiga qaytdi.
Mohichehra
Insoniyat imkoniyatlarni doim ham muvaffaqiyat, ezgulik, yaxshilik yoʻlida ishlatavermas ekanda. Bizga ulkan sharoitlar manbai boʻlib kirib kelgan taraqqiyot tuhfalaridan foydalanishni oʻyin, shoʻxlik,
Buni
Ikki inson hayotiga, umriga zomin boʻlgan Umarni ham ana shundaylar sirasidan deyish mumkindir. Uning birgina adashishi oqibatida, gardanida yaxshilikka yomonlik,
Endigina 30 yoshni qarshilagan, ayni navqiron davrida oʻta ogʻir jinoyatni sodir etib 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Barchamizni oilamiz, mahallamiz, atrofimiz va albatta, jamiyatimizni bunday qusurlardan, fojia — jinoyatlardan holi qilsin. Tinch-osoyishta yurtimiz, farovon turmushimiz, yaratilgan imkoniyatlar qadrini bilgan holda munosib yashash qanday yaxshi.
Akrom ARIPOV,
Oliy sud bosh konsultanti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring