Qashqadaryolik 66 nafar nuroniyga koʻkrak nishoni topshirildi

12:12 05 Avgust 2024 Jamiyat
204 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Prezidentimizning 2017-yil 14-iyuldagi tegishli qarori bilan “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan edi. Har yili turli sohalarda koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz ushbu koʻkrak nishoni bilan taqdirlanib kelinmoqda.

Qashqadaryo viloyatida ham joriy yilda 66 nafar keksa avlod vakili I va II darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibiga aylandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi, Oʻzbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev va Qashqadaryo viloyati hokimi koʻkrak nishonlari, esdalik sovgʻalari va pul mukofotlarini oʻz egalariga topshirdi.

— Ushbu koʻkrak nishoni faxriylarni jamiyatda faol boʻlishga undaydi, — deydi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti Yusuf Manzarov. — Bunday eʼtirofdan kishining koʻngli koʻtarilib, ruhi tetiklashadi. Yurtimizda shunday baxtga muyassar boʻlayotganimizdan behad mamnunmiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер