Qashqadaryoda “Damas” portladi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida metan gaz bilan bogʻliq portlash holati yuz berganligi toʻgʻrisida videotasvirlar keng tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 7-mart kuni soat 10:30 da Qashqadaryo viloyati Koson tuman, “Yangiobod” MFY maymanoq-koson chorrahasida harakatlanmay turgan “Damas” rusumli avtomobilga oʻrnatilgan siqilgan gaz ballonining texnik nosozligi natijasida chaqnash sodir boʻlgan.
Mazkur holat avtomobillarga siqilgan gaz toʻldirish shoxobchasida sodir boʻlmagan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan hamda yongʻin yuzaga kelmagan. Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring