Qashqadaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

17:28 17 Mart 2026 Hujjatlar
452 0

Illyustrativ foto

Joriy yilning 13-mart kuni Prezidentning “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ–96-son qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Muborak tumani “Konchilar” MFY hududidagi 200 gektar yer maydonida “Muborak innovatsion sanoat zonasi” maxsus iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.

Chiroqchi tumanida “Sohil boʻyi” majmuasini (Majmua) rivojlantirish va boshqarish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalar Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamentiga yuklanadi.

Shahrisabz tumanida “Quva agrostar”, Qamashi tumanida “Yangiyoʻl agrostar”, Koʻkdala tumanida “Mirzachoʻl agrostar”, Gʻuzor tumanida “Navoiy agrostar” MCHJlarning loyiha ofislari tashkil qilinadi. Qashqadaryo viloyatida 15 ming gektar, shundan 2026-yilda oʻzlashtiriladigan 5,2 ming gektar yer maydonlarida chorva ozuqasi yetishtiriladi.

2026-yil davomida maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 80 foizdan past boʻlgan 12 ta tumanda 350 ta nodavlat oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi. 120 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari 1-yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etish uchun zarur jihozlar bilan taʼminlasin.

Germaniya Federativ Respublikasi bilan hamkorlikda 2026-yildan yoshlarni nemis tili va kasbga oʻqitish orqali Yevropa davlatlariga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish dasturi amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?