Qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat tarkibidan chiqarildi
Foto: WME
Jinoyat kodeksi 109-moddasi 1-qismi, yaʼni qasddan badanga yengil shikast yetkazish endi jinoyat tarkibini bermaydi. Ushbu oʻzgarishni tasdiqlovchi qonun hujjati OʻRQ-972-son bilan rasmiylashtirilib, Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadi.
Shu tariqa, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan toʻldirish, yarashuv institutiga kiruvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilanadi.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, bir qator jazo choralarini qoʻllashni taqozo etadi.
Birinchidan, BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga;
Ikkinchidan, 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilanmoqda.
“Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Statistika agentligi chet el kapitali asosida ishlayotgan korxonalar sonini ochiqlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring