“Qarshi neft bazasi” direktori lavozimidan ozod etildi
Foto: “Oʻzbekneftgaz” AJ
“Qarshi neft bazasi” direktori egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatidagi oʻrganishlarning uchinchi kunini aynan hududdagi “Qarshi neft bazasi”ning faoliyatini oʻrganish bilan boshlagan.Oʻrganishlar davomida neft bazaning bugungi holati qoniqarsiz ekani qayd etilgan.
Xususan, neft mahsulotlarini realizatsiya qilishda samarali va shaffof tizim yoʻlga qoʻyilmagani, korxona rahbariyati tomonidan boshqaruv va ichki nazorat mexanizmlari yetarli darajada taʼminlanmagani sababli qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Aniqlangan kamchiliklar natijasida neft baza 2025-yilni moliyaviy zarar bilan yakunlagan. Tahlillarga koʻra, korxonada xoʻjalik faoliyati toʻgʻri tashkil etilmagan, xarajatlar topilgan daromadlarga mutanosib ravishda optimallashtirilmagan. Bu esa, neft bazaning moliyaviy holati yil sayin ogʻirlashib borishiga olib kelgan.
Shuningdek, “Qarshi neft bazasi”da neft mahsulotlari zichligini (удельный вес) notoʻgʻri qoʻllash oqibatida isteʼmolchilar manfaatlariga zarar yetkazilgan.
Yoʻl qoʻygan tizimli kamchiliklar va boshqaruvdagi xatoliklar sabab “Qarshi neft bazasi” MCHJ direktori egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring