Qarshi Davlat universitetida talabalar maqom ansambli tashkil etildi

17:21 03 May 2023 Madaniyat
1229 0

Foto: «Xalq so‘zi»

Qarshi Davlat universitetida 25 nafar iqtidorli talabalar jamoasidan iborat "Mumtoz navolar" talabalar maqom ansambli tashkil etildi. Ansambl O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oygul Halilova rahbarligida faoliyat olib boradi.

Yosh maqomchilar o‘zlarining ilk taqdimot dasturini ham namoyish etdi. Unda iqtidorli talabalar ijrosida yangragan “Savti kalon”, “Qashqarchai savti kalon”, “Soqinomai savti kalon” rost maqomlari, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Muqimiy g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlar muxlisu mutaxassislar e’tirofiga sabab bo‘ldi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?