Qaysi hududlarning yalpi hududiy mahsuloti eng tez oʻsmoqda?
2025-yilda Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 849,7 trln soʻmni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 7,7 foizga oʻsgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hududlar kesimida yalpi hududiy mahsulot hajmi quyidagicha taqsimlangan:
- Toshkent shahri — 367 222,3 mlrd soʻm (+11,3 foiz);
- Toshkent viloyati — 180 177,4 mlrd soʻm (+7,2 foiz);
- Navoiy viloyati — 167 964,6 mlrd soʻm (+7,7 foiz);
- Samarqand viloyati — 121 489,5 mlrd soʻm (+8,0 foiz);
- Fargʻona viloyati — 111 305,3 mlrd soʻm (+8,1 foiz);
- Andijon viloyati — 107 717,6 mlrd soʻm (+6,8 foiz);
- Qashqadaryo viloyati — 98 783,4 mlrd soʻm (+6,8 foiz);
- Buxoro viloyati — 86 608,1 mlrd soʻm (+7,2 foiz);
- Namangan viloyati — 85 419,0 mlrd soʻm (+8,2 foiz);
- Surxondaryo viloyati — 66 186,5 mlrd soʻm (+6,6 foiz);
- Xorazm viloyati — 62 987,5 mlrd soʻm (+7,9 foiz);
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 54 076,9 mlrd soʻm (+7,2 foiz);
- Jizzax viloyati — 52 956,7 mlrd soʻm (+8,2 foiz);
- Sirdaryo viloyati — 35 794,4 mlrd soʻm (+9,8 foiz).
Yil davomida iqtisodiy oʻsish boʻyicha TOP-3 hududlar roʻyxatida Toshkent shahri 11,3 foiz bilan birinchi oʻrindan, Sirdaryo viloyati esa 9,8 foiz koʻtarilish bilan ikkinchi pogʻonadan, shuningdek, Namangan viloyati va Jizzax viloyati 8,2 foiz oʻsish bilan kuchli uchlikdan oʻrin egallagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring