Putinning “soya floti” tahdid ostida qoldi
Yevropaning 14 ta davlati Rossiyaning “soya floti” kemalarini Boltiq va Shimoliy dengizlar orqali neft mahsulotlarini tashishiga toʻsqinlik qilmoqchi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Yevropaning 14 ta davlati xalqaro yuk tashish qoidalarini buzgan tankerlar, xususan, doimiy roʻyxatdan oʻtmagan, tegishli sugʻurta va operatsion xavfsizlik sertifikatlariga ega boʻlmagan hamda sanksiyalarga uchragan kemalarga qarshi keskin choralar koʻrishni maʼqullagan.
Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Boltiqboʻyi davlatlari, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Polsha, Shvetsiya hamda Islandiya tomonidan qabul qilingan mazkur qoʻshma bayonotda Rossiya “xalqaro navigatsiya xavfsizligi”ga jiddiy tahdid solayotgani taʼkidlangan. Mazkur bayonotda koʻplab rus kemalarida identifikatsiya maʼlumotlarini soxtalashtirish kabi qoidabuzarliklar kuzatilayotgani qayd etilgan.

Kelgusida ushbu qoʻshma bayonotni imzolagan davlatlar bunday tankerlarni “fuqaroligi yoʻq” kemalar sifatida baholaydi hamda ularga qarshi keskin choralar koʻradi. Maʼlumot uchun, BMTning dengiz huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyasiga muvofiq, harbiy kuchlar ochiq dengizlardagi bunday kemalarni toʻxtatib, tekshiruv oʻtkazish huquqiga ega.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadefulning taʼkidlashicha, mazkur tankerlar mintaqadagi ekologik xavfsizlikka ham jiddiy tahdid soladi. Chunki ular koʻpincha ogʻir texnik holatda boʻladi va yetarli darajada tayyorgarlikdan oʻtmagan ekipajlar tomonidan boshqariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring