Putin rostdan ham oʻgʻlini urushga yuborganmidi?
Ijtimoiy tarmoqlarda turli sarlavhalar ostida Rossiya prezidenti oʻz oʻgʻlini Ukrainaga qarshi urushga yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. “Euronews” bu xabarlarga munosabat bildirgan.
“X” tarmogʻida tarqalgan videolavhada Putin xuddi Xitoy Xalq Respublikasi asoschisi Mao Szedun kabi oʻgʻlini oʻz mamlakatini himoya qilishga yuborayotgani aytilgan. “TikTok”, “Facebook” kabi platformalarda ham xitoy tilida shu mazmundagi xabarlarni oʻqish mumkin.
Nashrga koʻra, Mao Szedunning oʻgʻli Mao Anin Koreya yarim orolidagi urushda qatnashgani va 1950-yilda aviahujumda halok boʻlgani rost, ammo Putinning oʻgʻlini frontga yoʻllagani aniq yolgʻon.
Internetda tarqalgan videolarga Putin harbiy libosdagi “oʻgʻlini” taqdirlayotgani aks etgan. Aniqlanishicha, suratdagi yigit katta leytenant Stepan Belov boʻlib, 2022-yil dekabrda Rossiya rahbari tomonidan qahramon unvoni bilan taqdirlangan.
1996-yili Boshqirdiston Respublikasi Oktyabr shahrida tugʻilgan S.Belov Putinning oʻgʻli ekanini tasdiqlovchi hech qanday maʼlumot yoʻq.
Maxfiy xizmatdan chiqqan Rossiya rahbari oʻz oilasi haqidagi maʼlumotlarni sir pardasi ortida tutishi maʼlum. Ammo u sobiq rafiqasi Lyudmila Putinadan ikki qizi borligini maʼlum qilgan.
Rossiyaning Ukrainaga bosqinchilik urushidan keyin Putinning ikki qizi – Mariya Voronsova (1985-yilda tugʻilgan) va Katerina Tixonovaga (1986) AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiya joriy etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring