Putin Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi chegarada xavfsizlik bufer zonasi tashkil etilishini eʼlon qildi. U nima uchun kerak?

Arxiv foto
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi chegarada xavfsizlik bufer zonasini yaratish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat aʼzolari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Prezidentning aytishicha, Rossiya qurolli kuchlari bu buyruqni allaqachon amalga oshirishga kirishgan.
U “xavfsizlik zonasini zarur” dedi va “mamlakat qurolli kuchlari hozirda bu muammoni hal qilayotganini” qoʻshimcha qildi.
Qayd etilishicha, Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarini himoya qilish uchun Ukraina bilan chegarada xavfsizlik bufer zonasi yaratiladi. Bu hududlar Ukrainaning Xarkov, Sumi va Chernigov viloyatlari bilan chegaradosh.
Avvalroq harbiy ekspert, isteʼfodagi polkovnik Anatoliy Matviychuk rossiyalik harbiy xizmatchilarga Sumi va Chernigov viloyatlarida bufer zona yaratish vazifasi qoʻyilgani haqida xabar bergan edi. U Sumi katta ehtimol bilan bu qurolsizlantirilgan hududga kiritilishini taklif qildi.
Putin chegarada bufer zona yaratish zarurligi haqida gapirar ekan “Ukraina qurolli kuchlari va xorijlik yollanma askarlarning qoʻllayotgan usullari terroristikdir” dedi.
“Biz odamlarni — oʻq uzish va harbiy harakatlardan jabr koʻrgan qishloq va shaharlar aholisini, ochigʻini aytganda, Ukraina tuzilmalari va chet el yollanma askarlari qoʻllagan va qoʻllayotgan terrorchilik usullaridan eng koʻp tashvishlanayotgan masalalarni muhokama qildik”, — deydi Rossiya prezidenti.
Uning qoʻshimcha qilishicha, dushman chegara hududida oʻqqa tutish uchun “harbiy ahamiyatga ega boʻlmagan” nishonlarni tanlamoqda.
Shu bois jabrlangan chegara hududlarini imkon qadar tezroq tiklash boʻyicha kompleks dastur tayyorlanadi va kerakli moliyaviy va moddiy resurslar bilan taʼminlanadi.
Rossiya Davlat Dumasi Mudofaa qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksey Juravlev bufer zonani yaratishda Ukraina qurolli kuchlari ega boʻlgan raketalarning uchish masofasini hisobga olish kerakligini aytdi.
“Agar chegaralarimiz xavfsizligi haqida gapiradigan boʻlsak, birinchi navbatda Ukrainaga yetkazib beriladigan xorijiy qurollarning turlarini hisobga olishimiz kerak” — deydi Juravlev.
Uning eslatishicha, «Storm Shadov” raketalari 500 kilometrgacha masofani bosib oʻtishga qodir.
«Ukraina boʻlinishi kerak boʻlgan ssenariy bor — agar Gʻarb Kiyevni bunday raketalar bilan taʼminlashda davom etsa, bu mumkin, — deydi u.
Qoʻmita aʼzosi Andrey Kolesnikning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Ukraina chegarasidagi xavfsizlik bufer zonasining uzunligi kamida 50 kilometrni tashkil etishi kerak. Bu zona raketalarning uchish masofasiga, Gʻarb davlatlari Ukrainaga yetkazib beradigan uzoq masofaga moʻljallangan qurollarga bogʻliq boʻladi.
Harbiy ekspert Vasiliy Dandikin ham 50 kilometrlik bufer zonaga ishora qildi.
“Obyektiv ravishda, mening fikrimcha, dronlar ucha olmasligi va artilleriya yetib bora olmasligi uchun kamida 50 kilometr, taxminan”, — deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring