Propanning qimmatlashishi cheklanadi. Bu haqda allaqachon Raqobat qoʻmitasi qaror chiqargan
Foto: Illustrativ
Oʻzbekistonda suyultirilgan gaz narxining keskin oshishiga qarshi choralar koʻrildi. 6-noyabrdan boshlab Raqobat qoʻmitasi propan narxining oshishiga cheklov oʻrnatgani aytilmoqda. Ushbu cheklov Respublika tovar xom-ashyo birjasida yuqori chegara belgilanib joriy qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Spot” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Qoʻmitaning 5-noyabrdagi qaroriga binoan, suyultirilgan gaz narxining oshishiga 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etildi. Bu cheklov sotuvchining boshlangʻich narxiga nisbatan hisoblanadi. Bozor ishtirokchilarining “Spot”ga bergan maʼlumotiga koʻra, bu qaror narxlar oʻsishining oldini olishga xizmat qiladi.
Qayd etish kerakki, soʻnggi savdo kunlarida propan narxi sezilarli darajada qimmatlashib, AI-80 benzini narxidan ham oshib ketdi. 5-noyabrda propanning bir tonnasi uchun narx 10,1 million soʻmga yetgan. Bu oʻz navbatida, avtomobil yonilgʻisi narxlari bilan raqobatni kuchaytirmoqda.
Narxlar oshishiga propan taklifining kamayishi ham taʼsir qilgan boʻlishi mumkin. 1-noyabrda birjaga 2 ming tonnadan ortiq propan qoʻyilgan boʻlsa, 5-noyabrda bu hajm 1,4 ming tonnaga qisqargan. Bu holat narxlarning sunʼiy ravishda yuqori darajada saqlanishiga sabab boʻlmoqda.
Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov oktyabr oyida narxlarning oshishini ishlab chiqarish darajasining yetarli emasligi va propanda ishlaydigan avtomobillar sonining oshishi bilan bogʻlagan edi.
Avvalroq, prezident propan quyish shoxobchalari oʻrtasida raqobat muhitini yaratish chorasini koʻrishni topshirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring