Prezidentning qarori bilan yangi universitet ochiladi
Oʻzbekistonda muhandislik va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi. Prezidentning 2025-yil 30-apreldagi PQ-160-sonli qaroriga koʻra, ushbu universitet zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashadi.
Universitetning asosiy yoʻnalishlari qatorida matematika, aerokosmik texnologiyalar, muhandislik, IT va sunʼiy intellekt sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash belgilandi.
Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, xorijdagi nufuzli ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va talabalarni ilmiy-amaliy faoliyatga jalb etish kabi vazifalar universitet faoliyatining asosini tashkil etadi.
Yangi taʼlim muassasasida oʻquv jarayonlari 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalarga taʼlim davlat va ingliz tillarida kredit-modul tizimi asosida olib borilishi rejalashtirilgan. Bu esa xalqaro taʼlim standartlariga mos boʻlgan oʻquv muhitini yaratish imkonini beradi. Taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.
Shu bilan birga, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali universitet binosida faoliyat boshlaydi. Har bir ilmiy xodimga bittadan talaba biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa talabalarning ilmiy va tadqiqot salohiyatini kuchaytirishga xizmat qilishi koʻzda tutilmoqda.
Qarorga muvofiq, Al-Xorazmiy universiteti nafaqat kadrlar tayyorlash markazi, balki axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalaridagi ilmiy-amaliy ishlanmalarga asoslangan rivojlanish nuqtasi sifatida faoliyat yuritishi kutilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring