Prezidentlar Xivadagi tarixiy obidalarni tomosha qildi (Fotoreportaj)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Ichan qal’a”ni tomosha qildi.
Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lumki, “Ichan qal’a”da xalqimizning me’morchilik an’analari o‘z holicha saqlanib qolgan. Ajdodlarimizning turmush tarzi, hunarmandligi, san’ati va madaniyati o‘z ifodasini topgan. Ochiq osmon ostidagi muzey deya e’tirof etiladigan bu qadimiy qal’a YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Oliy martabali mehmonga ushbu qadamjolar tarixi, bu yerda sayyohlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.
Davlat rahbarlari Pahlavon Mahmud maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Prezidentlar buyuk turkman shoiri Maxtumquli tahsil olgan Sherg‘ozixon madrasasini ham kirib ko‘rdi.
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Ichan qal’a” yaqinidagi Nurillaboy tarixiy majmuasini tomosha qildi.

Ushbu qadimiy saroy O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 maydagi qaroriga muvofiq rekonstruksiya va restavratsiya qilingan. Badiiy galereya, qabullar uyi, amfiteatr, hunarmandlar markazi, milliy oshxona barpo etilgan.

Turkmaniston Prezidenti ajdodlarimizning bunyodkorlik zakosi, ularni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring