Prezident yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv davomida mahallada bitta bolaning notoʻgʻri yoʻlga kirishi ham favqulodda holat boʻlishi kerakligini taʼkidlab, yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi.
“Albatta, yoshlarning tilini yoshlar tushunadi, ular bir-biridan oʻrnak oladi, bir-biriga motivatsiya beradi.
Shu bois, 9 mingdan ziyod mahallada yoshlar yetakchilarini tayinladik. Ular uch yil davomida koʻp narsani oʻrgandi, yetarli tajriba orttirdi.
Endi, ular maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni oʻrganishi kerak”, dedi Prezident.
Mahallalarimizda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi ogʻir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming oʻquvchi borligi barchani oʻylantirishi kerakligi qayd etildi.
Shu oʻrinda davlatimiz rahbari yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi:
“Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sogʻlom muhit kimga bogʻliq? Avvalo, sizlarga bogʻliq.
Mahallada bitta bolaning notoʻgʻri yoʻlga kirishi ham favqulodda holat boʻlishi kerak. Shuning uchun, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida avvalo sizlar koʻproq qaygʻurishingiz lozim”.
“Bir narsani aniq tushunib olish zarur. Bolani yomoni boʻlmaydi. Ularga kattalarning mehri, imkoniyatlarini namoyon qilish uchun sharoit, oʻziga ishonch boʻlishi uchun motivatsiya kerak”, dedi Prezidentimiz soʻzining davomida.
Misol uchun, Tadbirkorlik jamoatchilik kengashi aʼzolari – 108 nafar “chempion” tadbirkor oʻzlarining 308 ta korxonasi atrofidagi maktablarga borib, yuqori sinf oʻquvchilarini kasbga qiziqtirayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Eng muhimi, bu oʻquvchilarning aksariyati kelajakda hayotini qaysi kasbga bogʻlash haqida aniq tasavvurga ega boʻlmoqda.
“Bunday tashabbuskor, fidoyi, vatanparvar tadbirkorlar – mening qanotlarim.
Ayting, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni kasbga yetaklash, ishli va daromadli qilish uchun sizlarga yana qanday sharoit qilib beray?
Katta-katta tadbirkorlarimiz hokimlar bilan uchrashib, takliflarini tez kunda shakllantirib bersalar, bularni barchasini koʻrib chiqishga tayyorman”, dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring