Prezident yangi qaror imzoladi
“Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:
Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish;
norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) tizimini joriy qilish;
koʻnikmalarni prognozlashtirish (“skills anticipation”), koʻnikmalarga boʻlgan ehtiyojlarni tahlil qilish (“skills needs analysis”), koʻnikmalar bilan bogʻliq kamchiliklarni oʻrganish (“skills gap analysis”) vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi.
2025-yil 1-fevralgacha Institutda Milliy malaka tizimini rivojlantirish boʻyicha malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-noyabrgacha Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi taʼminlanadi.
2026-yil 1-dekabrga qadar ilgʻor xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring