Prezident sogʻlom raqobat muhiti taʼminlashga oid Qonunni imzoladi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhiti taʼminlash borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev OʻRQ-954-sondagi Qonunni imzoladi. Bu bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ushbu qoʻmita bilan kelishishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Bundan tashqari “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish kiritilib, unga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya subyektlari jumlasiga kiritilsa, oʻsha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
“Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qoʻllanilmasligini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻproq sayohat qilishayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring