Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

Oʻtgan besh oyda mamlakatimizda sanoat 6,4 foizga oʻsdi, eksport 18 foizga, xorijiy investitsiyalar 46 foizga oshdi. Qiymati 3 milliard dollarlik 2,5 mingdan ziyod yangi quvvatlar ishga tushdi, 2 million 400 ming odam daromadli boʻldi.
Lekin kuni kecha dunyoda yana bir mojarolar oʻchogʻi avj olgani nafaqat Yaqin Sharq, balki mintaqamizga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmaydi. Keskinlashuv davom etsa, pandemiyadan keyin endi-endi tiklanayotgan savdo aloqalari va logistika marshrutlari qiyinlashadi.
“Tinchlik, adolat va inson qadrini ulugʻlashga boʻlgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti.
Shu bois har bir hokim hududidagi, vazirlar esa tarmogʻidagi imkoniyat va xavflarni oldindan koʻra bilib, proaktiv, yaʼni topshiriq kutmasdan, oʻzi tashabbus koʻrsatib ishlashga oʻtishi shart.
Eng muhimi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular soʻrayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi boʻlishi zarur”, - dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring