Prezident “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti hamda “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjatlarni imzoladi

11:21 27 Avgust 2020 Jamiyat
2299 0

Prezident “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida»gi qarorni va “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullandi.

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari tantanali vaziyatda topshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlaydi.

Shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa respublika tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar roʻyxati

Raximbayev Otabek Davlatbayevich - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Serjanov Pamir Oralbayevich - Nukus shahridagi “Oralbay Nukus” oilaviy korxonasi rahbari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Abduxalilov Mirzoxid Voxidjon oʻgʻli - Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Komilov Alisher Abdumannob oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ilmiy xodimi (Andijon viloyati)

Djurayev Feruz Xamroyevich - “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi aʼzosi (Buxoro viloyati)

Norboyev Jahongir Joʻrabek oʻgʻli - Peshku tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Buxoro viloyati)

Tursunov Bekzod Akbar oʻgʻli - Toshkent arxitektura-qurilish instituti tayanch doktoranti (Jizzax viloyati)

Xalilov Ravshan Qaxramon oʻgʻli - Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Qodirov Farrux Ergash oʻgʻli - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali 1-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ochilov Muxriddin Toʻlqin oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati)

Xaydarov Suhrob Suranbayevich - Navoiy shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi (Navoiy viloyati)

Egamov Husen Erkinovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Abduxalilov Farrux Shuxratjon oʻgʻli - Yangiqoʻrgʻon tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi vrach-epidemiologi (Namangan viloyati)

Saloydinov Sardorjon Qodirjon oʻgʻli - Toshkent davlat texnika universitetining 1-bosqich magistranti (Namangan viloyati)

Nurullayev Hasan Joʻrabek oʻgʻli - Narpay tumanidagi 64-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi (Samarqand viloyati)

Sharipov Rasul Shokir oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari vzvod komandiri (Samarqand viloyati)

Usmonov Jasur Botir oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Harbiy-texnik instituti tayanch doktoranti (Sirdaryo viloyati)

Eshbekov Azizjon Maxmudjon oʻgʻli - Mirzaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi (Sirdaryo viloyati)

Lutfillayev Sharafuddin Rustamovich - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)

Saparov Olim Nasimovich - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining Termiz shahar filiali rahbari (Surxondaryo viloyati)

Yoʻldashboyev Boburjon Dilshodjon oʻgʻli - Parkent tumanidagi “Modern edusation” intellektni rivojlantirish markazi direktori (Toshkent viloyati)

Shoyunusov Sarvar Ikrom oʻgʻli - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Axadjonov Asilbek Abdusalom oʻgʻli - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabasi (Fargʻona viloyati)

Imomov Jasurbek Axrorjon oʻgʻli - Oʻzbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Fargʻona viloyati)

Bobojonov Rahmatjon Alisher oʻgʻli - Toshkent shahridagi “Kitob dunyosi” gazetasining oʻzbek adabiyoti boʻlimi muharriri (Xorazm viloyati)

Yakubboyev Nodirbek Murodbek oʻgʻli - Oʻzbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Mamajonov Muhiddin Moʻydinjon oʻgʻli - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassis-oʻqchisi (Toshkent shahri)

Mustafin Vladislav Alfredovich - Suzish boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi (Toshkent shahri)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер