Prezident koʻmir qazib chiqarishda erishilgan natijalar va kelgusi vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev koʻmir qazib chiqarishda erishilgan natijalar va kelgusi vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Kuz-qish mavsumida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha muassasalari hamda iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida energetikaning barcha tarmoqlari qatori koʻmir sanoatida ham yangi loyihalar amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarish quvvatlari va hajmlari koʻpaytirilmoqda.
2024/2025-yillar kuz-qish mavsumida qariyb 8,7 million tonna koʻmir qazib olinib, issiqlik elektr stansiyalari, byudjet tashkilotlari va aholiga yetkazib berildi.
Taqdimotda 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumida 10 million tonna koʻmir ishlab chiqarish rejalashtirilgani maʼlum qilindi. Buning uchun “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati korxonalarining moddiy-texnik bazasi kuchaytirildi, sohada qoʻshimcha ishlab chiqaruvchilarning faoliyati uchun sharoitlar yaratildi.
Prezidentimiz mavsum davomida aholini koʻmir bilan kafolatli taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar berdi. Korxonalarni modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, sohada bozor tamoyillari hamda raqobatni rivojlantirib, mahsulot tannarxini tushirish muhimligi qayd etildi.
Taqdimotda uran yoʻnalishidagi yangi investitsiya loyihalarini jadallashtirish, geologiya-qidiruv ishlarining koʻlamini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring