Prezident xomashyo va butlovchi qismlar uchun tariflarni qayta koʻrib chiqishni buyurdi

13:49 20 Avgust 2025 Siyosat
176 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Poytaxt va viloyat markazlaridagi korxonalarini mehnat resursi, boʻsh yeri koʻp tumanlarga koʻchirmoqchi boʻlgan tekstil sohasidagi tadbirkorlarga 10 milliard soʻmgacha kredit beriladi. Prezident ishchi kuchi koʻp talab qiladigan boshqa tarmoq korxonalari ham bunday tashabbus bilan chiqsa, ularni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini aytdi.

Arzon xomashyo bilan taʼminlash maqsadida 2028-yil 1-yanvargacha aralash mato va gazlamani bojxona bojidan ozod etilmoqda. Lekin bunday muammo sanoatning boshqa sohalarida ham bor.

Jahon banki ekspertlari ham tarif siyosati ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishi kerakligini aytmoqda.

Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida barcha sohalardagi tadbirkorlardan bu yoʻnalishda 130 ta murojaat kelib tushgan.

Davlatimiz rahbari Bosh vazirning iqtisodiyot va investitsiyaga masʼul oʻrinbosarlariga 1-noyabrga qadar har bir tarmoq, hududiy korxonalar talabini oʻrganib, boshqa xomashyo va butlovchi qismlar uchun tariflarni qayta koʻrib chiqishni topshirdi.

Endilikda import jarayonida muvofiqlik sertifikatlari har bir partiyaga emas, shartnomada koʻrsatilgan hajm uchun beriladi.

Ayrim mintaqalardagi notinchliklar oqibatida tashqi bozorlardagi tebranishlar, logistikadagi uzilishlar eksport tushumlarining kechikishiga olib kelmoqda.

Bunday sharoitda oʻzi shundoq ham puli tushmayotgan tadbirkorlar muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarima toʻlayapti.

Bu masalani juda koʻp toʻqimachilik korxonalari va meva-sabzavot eksportchilari koʻtarib, yengillik soʻradi.

Davlatimiz rahbari muammoning yechimini aytdi – endilikda davlat ulushi boʻlmagan korxonalarga eksportda muddati oʻtgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirishga bir yillik moratoriy eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер