Prezident xalqaro moliya bozorlaridagi vaziyatning Oʻzbekistonga taʼsiri haqida toʻxtaldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari dunyo iqtisodiyotida hozir favqulodda vaziyat kuzatilayotganini, uch-toʻrt kun ichida xalqaro moliya bozorlarida 10 trillion dollar mablagʻ yoʻqotilganini koʻrsatib oʻtdi.
“Bu tebranishlar bizga taʼsir qilmaydi, deb oʻylaganlar adashadi. Axir, bu mablagʻlarni bir qismi bizga investitsiya, kredit, yevrobond orqali kirib kelishi mumkin ediku!” dedi Prezident.
Bu sharoitda barcha hokimlar, iqtisodiy kompleks hududlar iqtisodiyotini kunlik tahlil qilishi, ishlab chiqarish hajmlari, ish oʻrinlari va eksportni saqlab qolish masalalari bilan tizimli shugʻullanishi kerakligi qayd etildi.
Iqtisodiy kompleks masʼullariga har hafta tarmoqma-tarmoq muammolarni tahlil qilish va yangi takliflar kiritish, tuman va viloyat hokimlariga oʻz hududida tadbirkorlar masalalariga yechim topib borish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring