Prezident: Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo‘ldi.
Bu yerda 1 ming 500 nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularning ko‘pchiligi hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanadi.
Davlatimiz rahbari xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko‘rdi, aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Nuroniylar mahalladagi turmush tarzi, yoshlarning kasb-kori haqida so‘zlab berishdi. Yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayzu baraka tilab duo qilindi.
Ma’lumki, mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari amalga oshirilmoqda. Yo‘llar, muhandislik tarmoqlari ta’mirlanib, xonadonlarga fayz kirmoqda. Bu mahallani ham “Obod xonadon” dasturi asosida yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.
– Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz, – dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari uylarda tashkil etilgan hunarmandlik ustaxonalari va mahalladagi kichik ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi. O‘zini o‘zi band qilishni kengaytirish, turistlar uchun savdo va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring