Prezident Yevropa Ittifoqini “yashil” taraqqiyot sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga chaqirdi
Foto: president.uz
Prezidentimiz Yevropa Ittifoqini “yashil” taraqqiyot sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga, bunda alohida eʼtiborni eko-innovatsiyalar, energiya samarador va resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, “Smart-AKIS” Yevropa tarmogʻi yordamida “aqlli” qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratishga chaqirdi.
“Erasmus+” va “Yevropa gorizonti” dasturlari doirasida taʼlim boʻyicha Yevropaning ilgʻor metodikalarini joriy etish loyihasini amalga oshirish, qoʻshma fundamental va amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish taklif qilindi.
Noyabr oyining ikkinchi yarmida Parijning Luvr muzeyida mintaqamiz xalqlarining madaniyatiga bagʻishlangan yirik koʻrgazma tashkil etish rejalashtirilgan. Bunday tadbirlarni har yili Yevropa davlatlarining poytaxtlarida va madaniyat markazlarida hamkorlikda oʻtkazib borish tashabbusi ilgari surildi.
Davlatimiz rahbari mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash borasidagi amaliy hamkorlikni kuchaytirish muhimligini taʼkidladi.
Afgʻonistonga koʻmaklashish masalasida butun xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan harakati va haqiqiy koʻmagi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha yangilangan strategiyasi qabul qilingan vaqtdan buyon uch yil oʻtdi. Afsuski, pandemiya sababli koʻpgina tadbirlar va masalalar toʻliq amalga oshirilmay qolgani taʼkidlandi.
Shu munosabat bilan Prezidentimiz strategiyaning bajarilishini jadallashtirish va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida koʻp tomonlama dasturiy hujjat – “Yoʻl xaritasi”ni qabul qilish imkoniyatini koʻrib chiqishni taklif qildi.
Soʻzining yakunida Oʻzbekiston yetakchisi mamlakatlarimiz barqaror taraqqiyoti, ravnaq va farovonligi yoʻlida “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” formatidagi ochiq, tizimli va sermahsul muloqot tarafdori ekanini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring