Prezident chegara punktlarida “turizm burchagi” tashkil etilmaganini tanqid qildi
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida turizm qishloqlarini tashkil qilish boʻyicha 3-yil oldin boshlangan ish yaxshi samara berayotgani eʼtirof etildi.
Lekin, Toshkent viloyatida Koreya tajribasi asosida turizm qishlogʻi qilish tashabbusi qogʻozda qolib ketgani, Qashqadaryo va Jizzaxda atigi 1 tadan turizm qishlogʻi ochilgani koʻrsatib oʻtildi. Navoiy va Sirdaryoda hunarmandchilik, Jizzax va Fargʻonada gastronomik turizm markazlari mavjud emas.
Shuningdek, Jizzax va Surxondaryoda turizm eksporti 65 million dollarga, Sirdaryoda esa 30 million dollarga bormaydi.
Birorta chegara punktida yurtimiz turizm salohiyatini koʻrsatadigan “turizm burchagi” tashkil etilmagani tanqid qilindi.
“Aholimiz oʻrtasida togʻli hududlarga piyoda chiqish (treking) ommalashmoqda. Lekin, turfirmalar bunday sayyohlik marshrutiga ruxsat olishga 2-3 oy sarflayapti”, dedi Prezident.
Mutasaddilarga ruxsatnomani Yagona interaktiv portal orqali 10 kunda berishni joriy qilish topshirildi.
Prezidentimiz zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish boʻyicha vazifalarni belgilab berdi.
Turizm qoʻmitasi hokimliklar bilan birgalikda 36 ta tuman va shaharni etno, gastronomik, tibbiy, ekstremal, madaniy-tarixiy, ziyorat, qishki va agroturizm asosida rivojlantirish boʻyicha katta dastur tasdiqlaydi.
Masalan, Sariosiyo tumani hududining asosiy qismi togʻlardan iborat boʻlib, qishki turizm uchun katta salohiyat mavjud. Bu yerda dor yoʻli, mehmonxona va savdo-servis xizmatlari sohasida 200 million dollarlik loyihalar qilsa boʻladi.
Yana bir misol, Chortoq oʻzining shifobaxsh suvlari bilan mashhur boʻlsa-da, tuman hokimi yangi loyiha qilish uyoqda tursin, bor sanatoriyalarga ham xorijiy sayyoh olib kela olmayapti.
Yoki, Moʻynoqda har yili oʻtadigan “Stixiya” musiqa festivaliga kelgan sayyohlarni koʻproq olib qolish uchun yangi tashabbuslar kerak.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 36 ta tuman va shahar boʻyicha master rejalar ishlab chiqishni tezlatib, loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring