Prezident Andijonda savdo turizmini rivojlantirish zarurligini qayd etdi

15:37 16 Fevral 2024 Siyosat
169 0

Xonobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Prezident viloyat tranzit salohiyatini ishga solib, savdo turizmini rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

Joriy yilda Andijon shahri Boburshoh, Oltinko‘l ko‘chalarida gastronomik turizm yo‘lga qo‘yiladi, Andijonning Mashrab, Xo‘jaobodning Do‘stlik, Xonobodning Nurdiyor va Kelajak ovozi, Qo‘rg‘ontepaning Sohibqiron va Mustaqillikning 15 yilligi ko‘chalarida savdo va xizmatlar markazlari tashkil qilinadi.

Andijon tumanida Misr tajribasi asosida ishlab chiqarish va savdo markazini bir joyda jamlagan Zargarlik maxsus zonasi tashkil etilishi belgilandi. Andijon shahrida Davlat asillik palatasi filiali ochiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?