Portugaliya oʻsmirlar terma jamoasi chempion
Qatar mamlakati mezbonligi ostida oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasi yakunlandi. Bugun, 27-noyabr kuni musobaqaning final oʻyini boʻlib oʻtdi.
Unda Portugaliya oʻsmirlar terma jamoasi Avstriyani magʻlubiyatga uchratdi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 32-daqiqada Anisiu Kabral mualliflik qildi.
Shu tariqa Portugaliya oʻsmirlar terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marotaba Jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Finalda magʻlub boʻlgan Avstriya terma jamoasi esa oʻz tarixida birinchi marta musobaqa finalida oʻynadi.
Maʼlumot uchun, ushbu yosh toifasidagi keyingi mundial 2026-yilda boʻlib oʻtadi va ushbu turnirga ham Qatar mamlakati mezbonlik qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring