Polshada ogʻir xastalikka chalingan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi

17:10 12 Mart 2026 Jamiyat
220 0

Foto: “Dunyo”

Polshada ogʻir xastalikka chalingan Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan oʻtkazilgan navbatdagi konsullik qabuli davomida Samarqand viloyatida tugʻilgan fuqaro R.M. 2023-yil aprel oyida Polshaga ishchi vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelganini maʼlum qilgan.

Bildirilishicha, hozirga qadar u ogʻir kasallikka chalingan boʻlib, Polshadagi tibbiy muassasalardan birida davolangan. Shu munosabat bilan R.M. Oʻzbekistonga qaytish hamda davolanishini tashkil etishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaatini inobatga olgan holda, Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrilgan. Xususan, uning Vatanga qaytishi uchun aviachipta xarid qilinib, uchishgacha boʻlgan davrda vaqtinchalik yashash joyi bilan taʼminlangan.

R.M. kecha, 11-mart kuni Varshava-Toshkent reysi bilan Oʻzbekistonga qaytib kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?