Polsha Prezidenti Rossiyani “ozodlik dushmani” deb atadi
Polsha Prezidenti Andjey Duda mamlakat birinchi Konstitutsiyasi kunidagi nutqida 1792-yilgi voqealarni esga olib, Rossiyani “ozodlik dushmani” dedi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Polshada mamlakat konstitutsiyasining 230-yilligi nishonlanmoqda. Tadbirga Ukraina, Litva, Latviya va Estoniya rahbarlari taklif qilingan.
Dudaning soʻzlariga koʻra, mamlakat konstitutsiyada shunday shior yozilgan edi: Kishilik jamiyatining barcha qudrati odamlar xohishidan kelib chiqadi. Bu mamlakat abadiy tarixiy merosining ulkan xazinasiga aylangan va shuningdek, dunyoda demokratiyaning asosi boʻlgan.
“Aslida, shuning uchun ham bunga erkinlik dushmanlari toqat qila olmagan. Imperialistik Rossiya urush eʼlon qilgan”, deydi prezident.
Avvalroq, Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyev Moskva va Varshava oʻrtasidagi munosabatlar Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng past darajada ekanligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring