Pokistonda terakt: 10 kishi halok boʻldi, 30 dan ortiq odam jarohatlandi

Pokistonning Balochiston viloyati markazi Kvetta shahridagi chegara qoʻshinlari boshqarmasi yonida kuchli portlash sodir boʻldi. Portlash va undan soʻng boshlangan otishmada kamida oʻn kishi halok boʻldi, 30 dan ortiq odam yaralandi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Balochiston sogʻliqni saqlash vaziri Baxt Muhammad Kakarning maʼlum qilishicha, halok boʻlganlardan ikki nafari huquq-tartibot organlari xodimi, qolganlari esa oddiy fuqarolardir.
Kuzatuv kameralari tasviriga tushib qolgan lavhada bir mashina chegara qoʻshinlari boshqarmasi binosi yonidan oʻtayotib, bir necha soniya ichida portlagani koʻringan. Guvohlar portlashdan soʻng kuchli otishmalar boʻlganini taʼkidlashgan.
Balochiston bosh vaziri Mir Sarfraz Bugti hodisani terrorchilik hujumi deb atadi. Unga koʻra, xavfsizlik kuchlari kamida toʻrt nafar jangarini yoʻq qilgan. Pokiston prezidenti Asif Ali Zardory ham hujumni keskin qoraladi va uni “Hindiston rejasi” bilan bogʻladi. Ammo hozircha hech bir guruh terakt uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olmadi, Hindiston esa bu ayblovlarga javob qaytarmadi.
Balochiston neft, gaz, tillo va mis kabi boyliklarga ega boʻlsa-da, mamlakatning eng qashshoq hududlaridan biri hisoblanadi. Gvadar porti esa Xitoy–Pokiston iqtisodiy koridori (CPEC)ning markaziy nuqtasi sanaladi. Mahalliy aholi orasida Xitoy investitsiyalariga qarshi noroziliklar bor va bu qurolli toʻqnashuvlar sabablaridan biri sifatida koʻrsatilmoqda.
Tahlilchilar soʻnggi haftalardagi keskin harbiy amaliyotlar mahalliy guruhlarga katta yoʻqotishlar keltirganini va bu hujum ularning javobi boʻlishi mumkinligini qayd etmoqda. Hodisa boʻyicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring