Poytaxtimizda “Islomobod” jome masjidining yangi binosi ochildi

07:02 23 Mart 2023 Madaniyat
1575 0

Muborak Ramazon oyi arafasida poytaxtimizning Olmazor tumanida “Islomobod” jome masjidining yangi binosi ochildi.

Tadbirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazrov, imom-xatiblar, ulamolar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Sagʻbon koʻchasidagi mazkur uch qavatli jome masjidi homiylar va saxovotpesha insonlar koʻmagida bunyod etildi.

Masjid xonaqohida 8 ming kishi, hovlisi va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming namozxonni sigʻdira oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?