Poytaxtdagi plastmassa quvurlari ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida videotasvirlar keng tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 11-sentyabr kuni soat 12:40 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qushbegi koʻchasida joylashgan plastmassa quvurlari ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatga asosan yongʻin-qutqaruvchilari soat 12:46 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 13:08 da qurshab olingan va 13:15 da toʻliq oʻchirilgan.
Boshqarma taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring