Pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratiladi
“Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantirish hamda ozuqa bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Mazkur qarorga koʻra, 2026-yilning 1-aprelidan boshlab pilla yetishtiruvchilarga (ipak qurti boquvchi va kasanachilarga) “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida pillachilik klasteri haqiqatda pilla uchun toʻlab bergan mablagʻlarning 35 foizi miqdorida subsidiya ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (Oʻrmon agentligi) balansidagi yer maydonlarida tashkil etiladigan tutzorlarda pilla kooperativi tuzish maqsadlari uchun ushbu kooperativ aʼzosi hisoblanadigan kambagʻal oilalarga (1 ta oilaning 1 nafar aʼzosiga faqat 1-marta) 4 mln soʻmdan subsidiya ajratilishi ham belgilab oʻtilgan.
Bundan tashqari, ipak qurtini parvarishlashda zarur boʻladigan asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish uchun kasanachilarga 3-yil muddatga BHMning 50 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi.
Urugʻchilik korxonalariga ipak qurti urugʻlarini tayyorlash faoliyatiga jalb etiladigan har bir mavsumiy ishchi oylik ish haqining 50 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravaridan oshmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring