Pedagoglar har yili majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi
Pedagog xodimlarni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish nazarda tutilgan Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur loyihaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar har yili davriy tibbiy koʻrikdan majburiy tarzda oʻtkaziladi. Qayd etilishicha, davlat taʼlim tashkilotlarida bevosita bolalarga taʼlim va tarbiya berish bilan shugʻullanayotgan pedagoglarning tibbiy koʻriklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan, kafolatlangan tibbiy xizmatlar doirasida amalga oshiriladi.
Shuningdek, nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning tibbiy koʻriklari esa tashkilot mablagʻlari hisobidan, tegishli litsenziyaga ega davlat yoki nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan oʻtkazilishi belgilanishi rejalashtirilmoqda.
Pedagoglarni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtish davrida pedagog oʻz ish joyi (lavozimi) hamda oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring