“Paxtakor” uch nafar futbolchining transferini eʼlon qildi
“Paxtakor” klubi 3 ta futbolchining transferini eʼlon qildi. Bu haqida klubning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, 2019–2023-yillarda ushbu klubda toʻp surgan va jamoa bilan 5-marta Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan posbon Sanjar Quvvatov jamoaga qaytgan. Darvozabon oʻtgan mavsumni Navoiyning “Qizilqum” klubida oʻtkazgan edi.

Shuningdek, “sherlar” uzoq yillar mobaynida Qarshining “Nasaf” klubi sharafini himoya qilib kelgan Oybek Bozorov va Sherzod Nasrullayev bilan ham kelishuvga erishgan. Har ikki futbolchi 2026-yilgi mavsumni Toshkent klubi safida oʻtkazadi.
Klubning Telegram kanalida berilgan rasmlar shuni koʻrsatadiki, yangi futbolchilarning jamoadagi raqamlari ham maʼlum boʻlib ulgurgan. Unga koʻra, Sanjar Quvvatov 35 raqamda, Oybek Bozorov 77 raqamda va Sherzod Nasrullayev 34 raqamda toʻp suradilar.
Maʼlumot uchun, “Paxtakor” klubi qishki transferlar oynasida yana 7 ta futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring